About this app
pDaftar – Qarz va moliyani boshqarishning eng qulay yo‘li! pDaftar — bu tadbirkorlar, savdogarlar, xizmat ko‘rsatuvchilar va ijaraga beruvchilar uchun mo‘ljallangan universal moliyaviy yordamchi. Endi siz nafaqat qarzlar hisobini, balki butun biznesingiz ekotizimini bitta ilovada boshqarishingiz mumkin. Siz nimalar qila olasiz? Qarz va To‘lovlar Nazorati: Qarzdorlar hisobini yuritish, har bir to‘lovni nazorat qilish va Haqdorlar/Qarzdorlarni alohida-alohida filtrlangan holda ko'rish. Ijara (Arenda) Boshqaruvi: Endi ijarachilar bilan hisob-kitob qilish yanada oson! Kunlik, haftalik, oylik va yillik ijara muddatlarini belgilang va nazorat qiling. Bozorlik va Ta'minotchilar: Закупка (bozorlik) ro‘yxatlarini yuritish va ta’minotchilar bilan barcha hisob-kitoblarni yozib borish imkoniyati. Ta'minotchilar Statistikasi: Har bir ta'minotchi bilan ishlash samaradorligini tahlil qiling. Bo‘lib to‘lash (Rassrochka): Muddatli to‘lov savdolarini boshqarish va grafik bo‘yicha to'lovlarni kuzatish. Avtomatik SMS Eslatmalar: Mijozlarga qarzlarini eslatish uchun SMS yuboring. Endi SMS shablonlarini o‘z xohishingizga ko‘ra o‘zgartirishingiz mumkin. AI Ovozli Kiritish: Ma’lumotlarni yozib o‘tirmang — ovoz orqali kiriting, AI esa ularni avtomatik matnga va hisobga o‘giradi. Asosiy imkoniyatlar: @pDaftarBot: Kunlik hisobotlarni Telegram orqali qulay formatda oling. Ichki Kalkulyator: Ilovadan chiqmasdan turib barcha hisob-kitoblarni amalga oshiring. Xodimlarni Boshqarish: Sotuvchi xodimlaringizga alohida kirish huquqlarini (admin/user) belgilang. Ko‘p do‘kon va Ko‘p valyuta: Bir nechta savdo nuqtalarini boshqaring va turli valyutalarda hisob yuritishda adashmang. Xavfsizlik va Qurilmalar: Akkauntingizga ulangan barcha qurilmalarni nazorat qiling va Google orqali tezkor kirishdan foydalaning. Ma’lumotlar Exporti: Mijozlar bazasini va hisobotlarni Excel formatida yuklab oling. Rasm va Hujjatlar: Har bir operatsiyaga rasm yoki chek yuklash imkoniyati. Kimlar uchun? Kichik va o‘rta biznes egalari. Rieltorlar, ustalar va xizmat ko‘rsatuvchilar. Naqd, qarz va muddatli to‘lov asosida savdo qiluvchilar. Ijaraga beruvchilar (Arendatorlar): Avtomobil, uy, maxsus texnika va boshqa mulk egalari. Yangi Tariflar: Biznesingiz hajmiga mos keladigan tarifni tanlang: Bepul, Kichik, O‘rta yoki Katta. pDaftar — moliyangizni oson va samarali boshqarish uchun aqlli yordamchi! Bugunoq yuklab oling va biznesingizni tartibga soling. Hurmat bilan, pDaftar jamoasi. Biznesingizni biz bilan rivojlantirishda davom eting!
Latest release
What’s New
Ombor - Qoldiq, kirim va harakatlar tarixi bir joyda - Kirimni ombor ro'yxatidan yoki mahsulot sahifasidan boshlash - Nakladnoyga QR: xaridor skanerlab o'z omboriga kiritadi - Ta'minotchini SMS orqali taklif qilish Mahsulot va chek - Shtrix-kod skaneri: skanerlab savatga qo'shish - Mahsulotga shtrix-kod va termal printerda yorliq chop etish - Termal printerda chek; qog'oz kengligi va sinov cheki sozlamalari - Nakladnoyni rasmdan sun'iy intellekt bilan o'qish - Mahsulot rasmini sun'iy intellekt bilan yaxshilash Statistika - Mahsulotlar tabi: omborda qancha pul turgani, zarar bilan sotilayotganlar, o'lik tovar Mijozlar bilan aloqa - Mijozlarga ovozli xabar yuborish - Mijoz manzilini xaritada belgilash va navigatsiya orqali borish Boshqaruv - Sotuvchilar uchun batafsil huquqlar - Sotuvchi narx o'zgartira olishini o'zingiz boshqarasiz - Xodimlar uchun oylik hisobi Umumiy - Qoraqalpoq tili qo'shildi - Google orqali ro'yxatdan o'tish va kirish - Istalgan Premium tarifni 10 kun bepul sinash - Sotuvda aralash to'lov: bir qismi naqd, qolgani nasiya Ko'plab tuzatishlar va tezlik yaxshilanishlari.
Audience growth
Ratings growth
Baseline captured. Growth appears after the crawler observes a changed rating count.
Momentum comes from crawler snapshots for the tracked storefront. “Viral growth signal” means unusually fast recent rating gains; it is an indicator, not download data.
Price tracking
Price intelligence
First snapshot captured. The trend line starts after the next crawler price observation.
- First observed Aug 1, 2026 · 1:30 PM Free